Toshkent shahri Yunusobod tumanining 6−7-dahalarida magistral suv quvurining yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Hududning bir qismi suv ta’minotisiz qolmoqda. Yo‘l harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Sergeli tumanining “Junariq” mahallasidagi 9 ta xonadonni suv bosdi. Toshqin Jun va Salar kanaliga to‘liq suv ochilgani bois yuzaga kelgan. Holat bartaraf etildi, hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov poytaxtni suv bosishiga nimalar sabab bo‘layotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda qisman odamlarning o‘zi aybdor. “O‘zimizdan ham ayb qidiraylik, 20−30 foiz drenajlarni fuqarolar uy qurish jarayonida yopib yuborgan”, — deydi hokim.
Ellikqal’a tumanida kanaldan suv chiqishi oqibatida 8 gektar dalani suv bosgan. O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi fermer kanalga noqonuniy suv olish trubasini o‘rnatgan va o‘sha trubalar qo‘yilgan qisimdan suv sizib chiqqan. Natijada, kanal qirg‘og‘i yemirilib suv chiqqan. Holat bo‘yicha o‘rganish boshlangan.
2-aprelda Toshkentda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, shahar ko‘chalari, tunnellar va hatto metro bekatlarini suv bosdi. Hokimlik holatga munosabat bildirib, buni “lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani” bilan izohladi.
Toshkentda yakshanba kuni tushdan keyin yog‘ib o‘tgan momaqaldiroqli do‘l va yomg‘irdan so‘ng shahar ko‘chalarini suv bosdi. Poytaxt aholisi tunellar va metro bekatlari suvga to‘lgani aks etgan foto-videolani ulashdi. Metropoliten matbuot xizmati holatni ariqlarning to‘lib qolgani bilan izohladi.
To‘rtko‘l tumanida 8 ta uy va 2,5 gektar ekin maydonini suv bosdi. Buning oqibatida uy devorlari qulab tushgan. Hodisaga suv sathi ko‘tarilgach, kanal yoqasidagi kemiruvchilar uyasi orqali o‘pqon olib, chiqib ketgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting